“Bilayn”: kirib kelgan yozning eng zo‘r ringtonlarining TOP-10 taligi
08.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” ( “Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Mening musiqam” xizmati ringtonlarining TOP-10 taligini taqdim etadi (Ring Back Tone (RBT) – kutish qo‘ng‘iroqlari o‘rniga musiqa).

beeline_8_06_2011

TOP-10 talik yakunlarini izohlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “RBT “Bilayn”ning eng ommaviy servislaridan biri bo‘lganligi sababli biz uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Jumladan, yaqinda “Mening musiqam” foydalanuvchilarga hatto “Jonli nol”da ham amal qila boshladi va bu aktiv foydalanuvchilar sonining ko‘payishiga olib keldi. Ishonamanki, keng fonotekamiz yozgi oylarni yanada jo‘shqin o‘tishiga xizmat qiladi”.

beeline_8_06_2011_1

“Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham “Bilayn” abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stngizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq