“Zo‘r-Zo‘r Hayot” tanlovi: “Bilayn” Facebookdagi sahifada 3G-modem o‘yinini davom ettirmoqda
07.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Facebook ijtimoiy tarmog‘ining korporativ sahifasidagi “Zo‘r-Zo‘r Hayot” fototanlovining oraliq yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Har hafta http://www.facebook.com/beeline.uz da “Bilayn” 3G USB-modem o‘ynalib, unga Zo‘r-Zo‘r Hayot mavzusida surat joylashtirgan sahifaning har bir foydalanuvchisi ega bo‘lishi mumkin. Qiziqarli, ajoyib, g‘ayrioddiy va oddiy ijobiy suratlar tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kifoya qiladi. Arbitrlar sifatida ma’qul kelgan suratga ovoz berish orqali foydalanuvchilarning o‘zlari ishtirok etadilar.

beeline_7_06_2011

“Loyihaning to‘qqizta bosqichi ortda qoldi va biz uning har xafta ommalashib borayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Tanlov boshlanganidan beri yuzlab odamlar Yorqinlar Hamjamiyatida besh yuzga yaqin suratlarni joylashtirdilar. Ularning ayrimlari haqiqiy durdona suratlar hisoblanadi. Oldinda yana 3 ta bosqich bor va biz eng zo‘r suratlar hali oldinda ekanligiga ishonamiz”.

Fototanlov iyun oyining oxirigacha davom etadi va shu payt mobaynida “Bilayn”ning Facebookdagi korporativ sahifasi foydalanuvchilari har xafta eng zo‘r suratlarni aniqlab, ularning mualliflariga sovg‘alar topshiriladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq