“Beeline Club” ning yangi hamkori – “Vezyot” taksi xizmati
06.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Vezyot” taksi xizmatining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganlgi haqida xabar qiladi. Endilikda “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari safar paytida 20% va 15% lik chegirmalarni kafolatlaydi.

“Vezyot” taksi xizmati buyurtma paytida safar xarajatini oldindan aytib berish kabi noyob xizmatni taqdim etadi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bu borada ushbu raqam uning eng qisqa yo‘nalishidan kelib chiqqan holda shakllanadi. “Vezyot” taksi xizmati haqi esa eng arzonlardan biri hisoblanib, “Beeline Club” kartalari egalariga qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi”.

beeline_6_06_2011

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz va www.vezet.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq