I chorakda “Bilayn” O‘zbekistonda asosiy ko‘satkichlarning barqaror o‘sishini namoyon qilmoqda
01.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

2011 yilning birinchi choragida “VimpelKom”ning O‘zbekistondagi daromadi 58,9 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davrdagi ko‘rsatkichidan 30% ga yuqori.

2011 yilning 1 iyun kuni telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlarilan biri “VimpelKom Ltd.” (“Bilayn” savdo belgisi) I chorak uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi 2010 yilning birinchi choragidagiga (45,3 mln. dollarga) nisbatan 30% ga o‘sib, 58,9 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Bu borada mobil aloqa segmentidagi daromadning o‘sishi yildan yilga 31,5% ni tashil qildi ($42,9 mln. ga nisbatan $56,4 mln.). Qo‘zg‘almas biznes esa (“Buzton” QK) $2,4 mln. dan $2,5 mln. gacha o‘sdi (+4,2%).

O‘zbekistonda OIBDA (asosiy mablag‘larning eskirishi, nomoddiy aktivlar va aktivlarning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar amortizatsiyasi) ning to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi 2010 yilning IV choragiga nisbatan 26,9% ga o‘sdi ($21,2 mln. dan $26,9 mln. gacha).
Bir vaqtning o‘zida operatsiyalar marjinalligi chorak davomida 9,8% oshdi.

I chorak yakunlari bo‘yicha mobil aloqa abonentlarining soni besh millionlik chegaradan o‘tib, 5 102 000 kishini tashkil etdi. Shunday qilib, yanvar-mart oylarida abonent shartnomalari soning o‘sishi qariyb 300 000 tani tashkil qildi (+5,8%).

Turli aloqa operatorlari abonentlarning ketishini hisobga olish bo‘yicha turli usullarni qo‘llashi va bu hisobotlarda chalkashliklarga olib kelishi hamda yakuniy raqamlarda aniqlik yo‘qligi sababli “VimpelKom Ltd.” “Bilayn” ning bozordagi ulushi bo‘yicha hech qaynday ma’lumot bermaydi.

Bitta mobil aloqa operatorining oy davomidagi o‘rtacha hisobi (ARPU ko‘rsatkichi) birinchi chorakda 5% ga kamayib, $3,8 ni tashkil etdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda har bir abonent foydalangan daqiqalar soni) 3% ga pasaydi (2010 yil oxiridagi 402,9 daqiqaga nisbatan 390,7 daqiqa).

“VimpelKom”ning birinchi chorakdagi birlashgan foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,9% ga oshib, 2,74 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. To‘g‘rilangan OIBDA 1,2 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilandi, OIBDA birlashgan marjasi esa 44,1% ni tashkil etdi.

“Kompaniyamizga Wind Telecom aksiyalarini birlashtirilishi natijasida operatsiyalar ko‘lami ikki barobar oshdi. Bu VimpelKomni haqiqatan ham abonent bazasi bo‘yicha dunyoda eng yirik global telekom-operatorlarining biriga aylantirdi. Men qat’iy ishonamanki, biz barqaror daromadli o‘sish uchun a’lo darajadagi istiqbollarga egamiz. Hozirda bizneslarimiz integratsiyasiga va birlashuvdan sinergetik samara olishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bizning jiddiy darajada kengaygan operatsiyalarmizni samarali boshqarish uchun birlashgan kompaniyaning yetakchilik salohiyati, faoliyat ko‘lamini va turli bozorlarda ishlash doirasida to‘plangan ekspert bilimlarini kengaytirish kabi afzalliklaridan foydalanmoqchimiz”, — I chorak yakunlarini sharhladi “VimpelKom Ltd.” Bosh direktori Aleksandr Izosimov.

“Biz tushunamizki, Guruhning muvaffaqiyati biz mavjud bo‘lgan har bir bozorning biznes ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Shuning uchun biz alohida olingan hududlar: Rossiya, Ukraina, MDH va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida operatsiyalarni sinchkovlik bilan kuzatishda va nazorat qilishda davom etmoqdamiz” – qayd qildi u.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq