“Beeline Business” “Beeline Club” ishtirokchilariga yangi imkoniyat va imtiyozlarni taklif qilmoqda
31.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” dasturining bonuslar va imtiyozlar ro‘yxatining navbatdagi kengaytirilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda korporativ mijoz sifatida ulanishda ajratilgan Internet kanalini o‘rnatish, ma’lumotlar o‘tkazish yoki telefoniya uchun bir yo‘la to‘lovlarga chegirma beriladi. Buning uchun “Beeline Club” imtiyozli kartasini ko‘rsatishining o‘zi yetarli bo‘ladi.

“Bilayn” tomonidan birinchi diskont dasturlar aynan biznes-bozorda qo‘llanilgan va B2B – mijozlarga “Beeline Club” doirasida jiddiy e’tibor qaratilayotganiligidan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Klub kartalari egalari ular va ularning biznesi uchun yana yangi ko‘plab bonuslarni rejalashtirayotganimizga ishonishlari mumkin”.

Chegirmalar “Platinum” darajadagi kartalar uchun 20% va “Gold” darajadagisi uchun 10% qilib belgilangan. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz va www.beelineclub.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq