“Bilayn” BarCamp Uzbekistan 2011 konferensiyasidagi ishtiroki yakunlarini sarhisob qilmoqda
30.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 28-29 may kunlari “Poytaxt” biznes-markazida bo‘lib o‘tgan, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan 500 ga yaqin ishtirokchilarni jamlagan BarCamp Uzbekistan 2011 konferensiyasida qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, bu yili “Bilayn” Opera Software, Nokia, Yandex, Google, Mail.Ru Group, Epson, The Matter, DealerFire kabi va boshqa eng yirik kompaniyalar vakillarini jamlagan konferensiyaning Bosh hamkori bo‘ldi. Bundan tashqari, operator vakillari o‘z namoyishlari bilan BarCamp dasturida ishtirok etdilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, BarCamp mehmonlariga “Ofis 5 daqiqada” xizmatini taqdim etgan “Beeline Business” Sotuv va operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishining rahbari Oleg Ushankov shunday dedi: “Biz birinchi bor bu kabi tadbirda ishtirok etmoqdamiz, lekin bu shubhasiz qiziqarli hamda foydali tajriba hisoblanadi. Taqdimot davomida ham, undan so‘ng ham bizga ko‘plab savol va takliflar berildi. Ular bizga mijozlar ehtiyojini yaxshiroq tushunish va baholashga imkon berdi.”

“Ofis 5 daqiqada” – bu telefon aloqasi, Internetda ishlash, hamda kompyuter tarmog‘ini tashkillashtirish uchun kompleks yechimdir. “Bilayn” SIM-kartali ixchamgina 3G-router statsionar telefonni ulagan, xodimlarga internetda ishlash imkoniyatini taqdim etgan hamda lokal tarmoqni sozlagan holda butun ofis ishini mustaqil ravishda tashkillashtirish imkoniyatini beradi. 28-29 may kunlari ushbu uskunalar yordamida BarCamp ishtirokchilari uchun bepul Wi-Fi zonasi amal qildi.

29 may kuni konferensiya pardasi ostida Web 2.0 ni rivojlantirish va ijtimoiy tarmoqlarda biznesning ishtiroki mavzusi bo‘yicha taqdimotlar bilan “VimpelKom Ltd” vakillari qatnashdilar.

“VimpelKom” integrallashgan telekommunikatsion xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar oltiligiga kiradi, — qayd qiladi “VimpelKom Ltd” ning MDH biznes birligining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Galina Kurganova. – Shuning uchun biz bo‘lgan har bir davlatda zamonaviy texnologiyalar va mijozlar hamda bozor ekspertlari bilan kommunikatsiyalar sohasidagi qiziqarli va ahamiyatga ega bo‘lgan voqealarni muhokama qilsh juda muhim. BarCamp – buni majburiy bo‘lmagan muhitda amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat. Internet-texnologiyalarni rivojlntirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun “Bilayn” servislari xodimlarning ijtimoiy mediadagi xulqining siyosati – BarCamp Uzbekistan 2011 da faqatgina mana shu bir nechta mavzular haqida gapirib berishga ulgurdik. Ishonamanki, keyingi yilda tadbir bundan ham ko‘p ishtirokchilarni jamlaydi”.

Batafsil ma’lumot www.barcampuz.net saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq