BarCamp Uzbekistan 2011 28-29 may kunlari “Poytaxt” biznes-markazida bo’lib o’tadi
27.05.2011
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

barcamp_27_05_2011

BarCamp Uzbekistan 2011 jamoasi 28-29 may kunlari “Poytaxt” biznes-markazida konferensiya o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi. Bu yili BarCamp Markaziy Osiyo, MDH, Sharqiy va G‘arbiy Yevropadan 400 dan ortiq ishtirokchini jamlaydi. 27 may kuni Ye Olde Chelsea Arms pabida ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tkaziladi va o‘sha yerda ochilishga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tadi.

Internet texnologiyalarini rivojlantirish mavzusi bilan birlashgan BarCampning Toshkentdagi muzokaralari yangi meia, Internet-marketing, reklama, dizayn, startaplar, interfeyslarni ishlab chiqish, mobil ilovalar, ijtimoiy servislar, dasturlash tillari, web-dizayn va saytni ishlab chiqish, virtual reallik va shu kabilarni qamrab oladi. Konferensiyaning mehmoni va hamkorlari sifatida Opera Software, Nokia, “VimpelKom”, Yandex, Google, Mail.Ru Group, Epson, The Matter, DealerFire kabi xalqaro kompaniyalarning vakillari ishtirok etishi e’lon qilindi.

Bu yili Bilayn-O‘zbekiston BarCampning Bosh hamkori bo‘ldi. “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Bu kabi ajoyib tadbir tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlash biz uchun katta obro‘. “Bilayn” doimo yoshlar tashabbusini, ayniqsa biz O‘zbekistonda aktiv rivojlantirish bilan shug‘ullanayotgan Internet-texnologiyalari sohasidagilarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonamanki, BarCamp nafaqat AKT sohasidagi yorqin voqea bo‘ladi, balki soha professionallari va bo‘lajak mutaxassilari muloqot qiladigan a’lo darajadagi maydonga aylanadi”.

Opera Software va Nokia konferensiyaning Platinum-hamkorlariga aylandi.

“Nokia uchun servislarni MDHning janubiy hududida rivojlantirish ilgaridagidek ustuvor vazifa hisoblanadi va O‘zbekistonda BarCampni qo‘llab-quvvatlash ushub strategiyani amalga oshirish rejasning bir qismi hisoblandi, — Nokia ning MDHning janubiy mamlakatlari bo‘yicha Bosh menejeri Karel Golub. – O‘zbekiston Nokia servislari foydalanuvchilari faolligi bo‘yicha mintaqadagi birinchi o‘rinlardan birini egallaydi: Ovi magazinidan bu yerda haftasiga 50 000 dan ortiq kontent birligi yuklanib, mamlakatda Ovi magazini ishga tushirilganidan buyon yuklashlarning umumiy soni 1 mln. dan oshdi”.

Opera Software kompaniyasining Rossiyadagi Outreach Community Manageri Ilya Shpankov voqeani shunday sharhlaydi: “Opera Software BarSamp Uzbekistanning doimiy ishtirokchisi va homiysi hisoblanadi. Mazkur kompaniyaning bu kabi tadbirlarga bo‘lgan qiziqishining asosiy sababi – auditoriya bilan jonli muloqot qilish, iste’dodli veb-ishlab chiquvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dialog o‘rnatish, shaxsiy ishlovlar haqida gapirib berish va eng aktiv foydalanuvchilardan baho va tilaklarini eshitish imkoniyatidir, Mazkur neokonferensiyani o‘zbek internet-hamjamiyati hayotidagi eng qiziq va muhim deb atashga hamma omillar mavjud – aynan shu yerda O‘znet ishlab chiquvchilari va faollarining eng aktiv qismi yig‘iladi va biz ushbu hamjamiyatning taraqqiyoti uchun hissa qo‘gayotganimzdan mamnunmiz”.

Konferensiya tashkilotchisi Daniil Byalskiyning so‘zlariga qaraganda bu yili tabir yanada yorqin, masshtabli va samarali bo‘ladi: “Bu kabi tadbirlar o‘tkazish yillarida IT sohasidagi an’anaviy norasmiy uchrashuvlardan global ilmiy anjumangacha o‘sishga erishdik. BarCamp – haqiqatan ham bir yil davomida kutiladigan tadbir. Bu safar tadbirda Internet-bozorining eng yirik vakillari ishtirok etadi. Master-klasslar o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar Google, Opera, Nokia va Mail.ru kompaniyalari vakillariga qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishlari mumkin. Konferensiyaning oltin hamkorlari The Matter va DealerFire bo’lganidan xursandmiz. Epson esa BarCamp ni texnik tomondan qo’llab-quvvatlamoqda”. BarCamp doirasida o‘tkazilishi kutilayotgan eng muhim tadbirlar Uzbekistan Blogging Awards (Uznet blogerlarni taqdirlash marosimi), Startup Ideas Market (startap-loyihalar tanlovi), Web Workshop (web-texnologiyalar haqida seminarlar va panelli munozaralar), GTUG Tashkent (Google Technical User Group) Opening (O‘zbekistonda Google foydalanuvchilari hamjamiyatinining ochilishi va uni Google I/O eng yirik xalqaro anjumandan materiallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish), New Media Workshop (media va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish bo‘yicha seminar va panelli munozalarar), Social Marketing / Internet Marketing Workshop (tarmoqda marketingni rivojlantirish, ijtimoiy marketing va uning vositalari haqida seminar va panelli munozaralar).

Tadbir Caravan Group tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Konferensiya o‘tkazilishi mobaynida u tomonidan BarCampning barcha ishtirokchilariga 50% lik chegirma beriladi.

Batafsil ma’lumot www.barcampuz.net saytida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq