BMT bosh kotibi o`rinbosari Toshkent shahar Sergeli tumani hokimiyati qoshidagi Yagona Oyna Markaziga tashrif buyurdi
24.05.2011
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
BMT bosh kotibi o`rinbosari, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) rahbari Helen Klark xonim o`zining O`zbekistonga birinchi tashrifi doirasida, BMTTDning O`zbekistondagi vakolatxonasi ko`magida ishga tushirilgan Toshkent shahar Sergeli tumani hokimiyati qoshidagi Yagona Oyna Markaziga (YOM) tashrif buyurdi. YOMga uyushtirilgan tashrifdan ko`zlangan maqsad davlat boshqaruvida zamonaviy Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) tadbiq etish sohasida BMTTD va O’zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida o`rnatilgan hamkorlik natijalari bilan tanishish edi.
Ohirgi 10 yil ichida, O`zbekiston hukumati mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini yanada yuksaltirish maqsadida AKT sohasini rivojlantirishda va davlat boshqaruvini isloh etishda katta yutuqlarga erishdi. Ana shunday yutuqlardan biri bu mahalliy o`ziga xosliklarni hisobga olgan va zamonaviy AKT echimlarni qo`llagan holda aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish tizimida “yagona oyna” tamoyillari asosida qurilgan o`ziga xos kontseptual yondashuvni sinovdan o`tkazish va ishlab chiqish maqsadida Toshkent shahar Sergeli tumani hokimyati qoshida YOM faoliyatini ishga tushirilishidir.
Yuqori martabadagi mehmonlarni Sergeli tumani hokimi Otabek Sodiqov kutib oldi. U, Helen Klark xonimni qarshi olish chog`ida 200 ming sonli aholisiga ega bo`lgan Sergeli tumanida YOMning tashkil etilishi tuman aholisiga turli xil davlat xizmatlarini bir joyning o`zida, ariza beruvchi va davlat idora hodimlari o`rtasidagi aloqa soni va vaqtini sezilarli darajada kamaytirgan holda ko`rsatish imkoniyatini yaratib berganligini ta’kidlab o`tdi.
YOMda yaratilgan qulayliklar va afzalliklar haqida mexmonga tashrif buyuruvchilarning o`zlari Helen Klark xonim bilan suhbat davomida aytib berdilar. Xususan, ular avvalgi davlat xizmatlarini olish uchun murojaat qilish jarayoni fuqarolarning kerakli ruhsatnoma va hujjatlarni olish uchun har bir davlat idorasiga alohida tashrif buyurishini talab etganligini ta’kidladilar. Bu esa o`z o`rnida ko`p vaqt sarflash, navbatni kutish va boshqa shu kabi noqulayliklarga sabab bo`lardi. Endi esa, YOM sharofati bilan ularda barcha xizmatlarni, ya’ni barcha kerakli ma’lumot va maslahatlarni bir joyning o`zida olish bilan birga, YOMda ishga tushirilgan elektron navbat tizimi yordamida ko`p vaqt sarflamaslik imkoniyati tug`ildi. Shu bilan birga, ular YOMda nogironlar va qariyalar uchun ko`zda tutilgan qulaylik va imkoniyatlar haqida iliq fikr bildirdilar.
Tashrif yakunida, Helen Klark xonim BMT va O`zbekiston hukumati o`rtasidagi AKTni davlat boshqaruv tizimida qo`llash sohasidagi hamkorligini yuqori baholash bilan birga, O`zbekiston hukumatining shu kabi YOMlarini mamlakatning barcha viloyatlarida shu yilning ohirigacha tashkillashtirishni belgilab beruvchi qarori borasida mamnunlik bildirdi. Shuningdek, Helen Klark xonim BMTTD tomonidan mamlakatning ushbu yo`nalishdagi sa’y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashni davom ettirishi haqidagi qarorini ma’qulladi va bunga yaqqol misol bu BMTTD va mamlakat hukumati o`rtasida joriy yilning oxirigacha Jizzax va Namangan shahar hokimiyatlari qoshida ikki YOMlarini tashkillashtirish haqidagi kelushuvidir. Ushbu yangi kelishuv BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo`llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi