“Beeline Club” bonsular ro‘yxatini kengaytirmoqda
20.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” dasturining bonuslar va imtiyozlar ro‘yxati kengaytirilganligi haqida elon qiladi. Endilikda bonusli ballarni “oltin” raqamlar, qo‘shimcha xizmatlar va suvenirlarga almashtirish mumkin.
“Va’da qilganimizdek, “Beeline Club” ishtirokchilarga yanayam ko‘p imkoniyatlarni taqdim qilmoqdamiz – voqeani sharhlaydi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Odatiy SMS va Internet-paketlardan tashqari ular o‘z ballarini “Mening musiqam”, “AntiAON” va “Ovozli pochta” xizmatlaridan foydalanishga almashtirishlari, shuningdek “oltin” raqam va yo‘l-yo‘l sovg‘alarni qo‘lga kiritishlari mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.
Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi