“Humo Sarbon” restorani – “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘ida
19.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Humo Sarbon” restoranining “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Mazkur restoranda “Platinum” va “Gold” imtiyozli kartalari egalariga 20% va 10% lik chegirmalar beriladi.

“Humo Sarbon” “Beeline Club” hamkorlik dasturida ishtirok etayotgan restoranlar ro‘yxatini to‘ldirganidan xursandmiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Poytaxtning ko‘pgina aholisiga bu yer turli tantanalar o‘tkazish uchun a’lo darajadagi joy sifatida tanilgan. Endilikda esa klub kartasiga ega “Bilayn” abonentlari u yerda katta chegirmalar olishlari mumkin”

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz va www.humosarbon.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq