VimpelKom Ltd. Kompaniya rahbariyatidagi tayinlanishlar haqida e’lon qiladi
18.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderi “Vimpelkom Ltd.” (“VimpelKom” yoki “Kompaniya”) (NYSE: VIP), Kompaniya rahbariyatida quyidagi tayinlanishlar haqida e’lon qiladi:

· Axmed Abu Doma Guruhning Ijrochi vitse-prezidenti, “Osiyo va Afrika” biznes-birligining rahbari;
· Ossama Bessada Guruhning Ijrochi vitse-prezidenti, “Yevropa va Shimoliy Amerika” biznes-birligining rahbari;
· Romano Rigetti Tartibga solish masalalari bo‘yicha kengash rahbari;
· Filip Tome Guruhning bosh texnik direktori; va
· Gerbrand Niyman Guruhning Investorlar bilan aloqalar direksiyasining yangi Direktori etib tayinlandi. Janob Niyman ilgari ushbu lavozimda bo‘lgan, shaxsiy loyihalari bilan shug‘ullanish maqsadida Kompaniyani tark etayotgan Aleksey Subbotinning o‘rniga tayinlandi. Qariyb 3 yil davomida Aleksey Subbotin Kompaniyada Investorlar bilan aloqalar direksiyasiga rahbarlik qilib, mazkur lavozimda jiddiy muvaffaqitlarga erishdi.

Tayinlanishlar kechiktirilmay kuchga kiradi. Janob Abu Doma, Bessada, Rigetti va Tomelar Kompaniya Prezidenti va Guruhning Bosh ijrochi direktori Xaled Bicharaning bevosita rahbarligi ostida bo‘ladilar. Janob Niyman Guruhning Bosh moliyaviy direktori Xenk Van Dalenning qo‘l ostida faoliyat yuritadi.

“VimpelKom Ltd.” Guruhining Bosh boshqaruvchi direktori Aleksandr Izosimovning sharhlari: “Wind Telecom bilan birlashuvdan keyin Guruhning Direktorlar Kengashi kengaytirilgan “VimpelKom” Guruhining muvaffaqiyatli taraqqiy etishiga ko‘maklashuvchi yangi korporativ tuzilmasi tashkil qilinishini ma’qulladi. Bugun biz rahbar lavozimlarga muvaffaqiyatli faoliyat borasida boy tajribaga ega bo‘lgan qobiliyatli boshqaruvchilar tayinlanganidan mamnunmiz.

Mazkur tayinlanishlar hisobiga boshqaruvchi jamoamiz keng geografiyali va tijoriy xilma-xilli kompaniyaga zarur bo‘lgan boy tajriba va jiddiy tarmoqli ekspertizaga ega bo‘ladi. Ishonamizki, boshqaruvchi jamoamiz “VimpelKom”ni rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi”.

2011 yil 15 aprel kuni e’lon qilinganidek, “VimpelKom”va Wind Telecom birlashuvi bo‘yicha bitimning yakunlanishi bilan “VimpelKom”ning Kuzatuv Kengashi yangi korporativ tuzilmani tashkil qilinishini ma’qulladi. Mazkur tuzilma Kompaniyaga tijoriy va geografik joylashuvini kengaytirish bilan bir paytda uni boshqarish va unga rahbarlik qilishning aniq tuzilmasni saqlab qolgan holda Kompaniyaning muvaffaqiyatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida shakllantiriladi.

Kompaniyaning yangi tuzilmasida beshta hal qiluvchi biznes-birliklar bo‘ladi:

· Yevropa va Shimoliy Amerika (Italiya va Kanadani o‘z ichiga olgan holda)*
· Rossiya
· Ukraina
· MDH
· Afrika va Osiyo (Orascom Telecom va Janubi-Sharqiy Osiyoni o‘z ichiga olgan holda)*

* Kompaniyaning Korporativ Shtab-kvartirasi Amsterdamda joylashgan bo‘lib, o‘z ichiga qator korporativ markazlashtirilgan funksiyalarni oladi, ular qatorida: korporativ moliyalar, soliqlar, korporativ hisobot va nazorat, g‘aznachilik, yuridik funksiya, tartibga solish masalalari, shaxsiy tarkib bilan ishlash, jamoatchilik bilan aloqalar, investorlar bilan aloqalar, M&A, tijoriy operatsiyalar, texnologik strategiya/sotib olishlar bor.

* Kanada va Janubi-Sharqiy Osiyoda ishlash tartibi Orascom Telecom Holding bilan imzolanadigan, bir necha tomondan boshqarish shartnomalarida belgilab beriladi. Mazkur shartnomalar Orascom Telecom Holding akisonerlarining umumiy majlisi tomonidan ma’qullanishi lozim

Biografiyalar

Axmed Abu Doma, Guruhning Ijrochi vitse-prezidenti, “Osiyo va Afrika” bines-birligining rahbari, Orascom Telecom Holdingning Bosh boshqaruvchi direktori. Ilgari janob Abu Doma Banglalink, Orascom Telecom Holdingning Bosh boshqaruvchi direktori bo‘lgan (2009 yil yanvardan). 2003 yildan janob Abu Doma Mobinil (Misr)da Marketin bo‘yicha direktor lavozimni egallab kelgan. U Mobinilga 1998 yilda bozorni rivojlantirish bo‘yicha menejer sifatida kelib, 2000 dan 2003 yilga qadar janob Abu Doma Mobinilda Bozorni rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha yetakchi menejer va Bozor strategiyasi hamda tahlili bo‘yicha yetakchi menejer lavozimlarida ishlagan. Mobinilga kelgunga qadar janob Abu Doma IBM va Datum IDS kompaniyalarida faoliyat yuritgan. 1992 yilda janob Abu Doma Qohira universitetida elektronika va aloqa sohasidagi injenerlik fanlari bakalavri darjasiga erishdi. Janob Abu Doma Xalqaro elektron aloqa ittifoqi (Shveysariya) (ITU)ning “Telekommunikatsion kompaniyada biznes rejalashtirish” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotiga sazovor bo‘ldi. U, shuningdek, Singapur va Fransiyada INSEAD Biznes maktabining rahbar xodimlari uchun Xalqaro dastur doirasida o‘quv kursalrini o‘tagan.

Ossama Bessada, Guruhning Ijrochi vitse-prezidenti, “Yevropa va Shimoliy Amerika” biznes-birligining rahbari, Wind Telecomunicazionining Bosh boshqaruvchi direktori. Ilgari, 2009 yilning aprelidan janob Bessada Wind Telecomunicazioni S.p.A., Orascom Telecom Holdingning Bosh operatson direktori va Orascom Telecom Holding S.A.E Guruhining Bosh tijorat direktori lavozimni egallab kelgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar janob Bessada Orascom Telecom Holdingning Tijorat direktori va Guruhning GSM xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimlarida ishlagan. Syriatelning Tijorat direktori bo‘lgan holda, qator yangi operatsion kompaniyalar ishini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishga jiddiy hissa qo‘shgan, shuningdek, Jazoirda Orascom Telecomning Marketing bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan. Janob Bessada telekommunikatsiya sohasida 17 yillik tajribaga ega. U telekommunikatsiya sohasidagi injenerlik tizimlari bakalavri, shuningdek, ishda ma’muriyatchilik magistri darajasiga ega.

Romano Rigetti, Tartibga solish masalalari bo‘yicha kengash rahbari. Janob Rigetti bir paytning o‘zida Bosh operatsion direktor o‘rinbosari, shuningdek, Wind Telecomunicazioni S.p.A da Tartibga solish masalalari va institutsional munosabatlar Boshqarmasi Direktori hisoblanadi. Janob Rigetti Wind Telecomunicazioni S.p.A. da 2006 yildan buyon faoliyat ko‘rastib keladi. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar janob Rigetti 6 yil davomida Telecom Italia S.p.A.da Xalqaro tartibga solish masalalari, antimonopol organlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlar bo‘yicha Vitse-prezident lavozimida ishlagan. 1995 yildan janob Rigetti avval Italiya Aloqa vazirligida Bosh direktor, keyinchalik esa AGCOMda Tartibga solish Boshqarmasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan. Janob Rigetti Italiya iqtisodiyotning telekommunikatsion sektorida bevosita raqobatni rag‘batlantirish ishlari bilan shug‘ullangan. Janob Rigetti L.U.I.S.S. Univesitetini iqtisodiyot va savdo mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, u Italiya moliya assotsiatsiyasi a’zosi (AIAF), shuningdek, mazkur assotsiatsiyaning rasmiy auditori hisoblanadi.

Filip Tome, Guruhning Bosh texnik direktori. 2006 yildan janob Tome Wind Telecomunicazioni S.p.A. va Wind Telecom Bosh texnik direktori lavozimni egallab kelgan. Ilgari janob Tome Djezzy (Orascom Telecom (Jazoir)) da Bosh operatsion direktor, Orascom Telecom Holding S.A.E.da Bosh texnik direktor va Mobinil (Misr) da Texnik direktor lavozimlarida ishlagan. Orascom Telecom Guruhiga kelgunga qadar, janob Tome ikkita uyali aloqa operatorlari — Cellis (Livan) va MobilRom (Ruminiya) ishga tushirilishida qator texnik lavozimlarni egallagan. 1989 yilda janob Tome Beyrutdagi Amerika universitetida elektrotexnika bo‘yicha bakalavr darajasiga, 1991 yilda esa – Virdjiniya Politexnika instituti va shtat Universittetida eletrotexnika bo‘yicha magistr darajasiga erishdi.

Gerbrand Niyman, Guruhning Investorlar bilan aloqlar xizmati Direktori. Janob Niyman “VimpelKom” ga AEGON kompaniyasidan kelgan. U yerda Katta vitse-prezident va Investorlar bilan aloqalar boshqarmasi rabari lavozimlarida ishlagan. 2007 yil martdan ishga kirgan AEGONga kelgunga qadar, janob Niyman ING kompaniyasida telekommunikatsion sektorining qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish direktori lavozimini egallagan. Ilgari esa Afrikadagi yetakchi uyali aloqa operatori Celtel Internationalda Investorlar bilan aloqalar boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan. Celtelga kelishdan oldin, u Royal KPNda Investorlar bilan aloqalar boshqarmasi rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan. Bunga uni KPN Wholesale va KPN International ning Moliyaviy direktori lavozimidan olib tayinlaganlar. KPNga kelgunga qadar janob Niyman VERDER guruhining Bosh moliyaviy direktorii, shuningdek, Unileverda biznes-nazoratchi bo‘lgan. Janob Niyman diplomga ega buxgalter – u Amsterdam universitetini ishlab chiqarishni tashkillashtirish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U bir paytning o‘zida Gollandiya investorlar bilan munosabatlarni rivojlantirish tashkiloti (NEVIR) ning Raisi hisoblanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq