“Korporativ Gudok” – “Beeline Business” mijozlari uchun yangi imkoniyat
17.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Korporativ Gudok” xizmati ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi. Standart gudoklar ovozi o‘rniga aniq vaqt yoki sutka davomida ishlovchi uiversal tarona yoki salomlashish o‘rnatilishi mumkin.

“Endilikda istalgan tashkilot shunday qilishi mumkinki, bunda korporativ telefonga qo‘ng‘iroq qilgan odam monoton gudok ovozlarini emas, balki kompaniya haqida foydali axborotni eshitishi mumkin, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Biz o‘zimiz ushbu servisdan aktiv foydalanamiz. B2Bning barcha xodimlariga “Beeline Business” roligini yuklab qo‘yganmiz. Shundan kelib chiqib aytamizki: bu haqiqatan ham ishlaydi”.

“Korporativ Gudok” sifatida ishga aloqador muhim axborot, yangi mahsulot yoki xizmatlar haqidagi xabarlar, kompaniya rekvizitlaridagi o‘zgarishlar, shuningdek, avtomatik javob qaytaruvchi, madhiya, reklama roligi yoki shunchaki Kompaniyadan taqdim etilgan antiqa musiqani o‘rnatish mumkin. Xizmatga ulanish uchun “Bilayn” ofisida yoki shaxsiy menejerga ariza yozish lozim.

Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq