Samarqand mehmonxonalari “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi
16.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Grand Samarkand”, “Panorama Grand” va “To‘maris” mehmonxonalarining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘ilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda ushbu mehmoxonalarda yashash davrida “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari egalariga 10% va 15% chegirmalar kafolatlanadi.

“Bir yo‘la Samarqandning uchta mehmonxonasi “Beeline Club”ga kirdi va bu loyihamiz ommalashib borayotganidan darak beradi, — mazkur voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. — Samarqand – O‘zbekistonning yirik turistik va ishbilarmonlik markazidir. Shuning uchun aminmizki, ushbu yangilik klub kartalarining ko‘plab egalarini xursand qiladi”.

beeline_16_05_2011

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq