“Bilayn” may oyining xit bo‘lgan ringtonlarini taqdim qiladi
12.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” ( “Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Mening musiqam” xizmati ringtonlarining TOP-10 taligini taqdim etadi (Ring Back Tone (RBT) – kutish qo‘ng‘iroqlari o‘rniga musiqa).

beeline_12_05_2011_1

TOP-10 talik yakunlarini izohlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Biz doimiy ravishda «Bilayn» abonentlarida katta talabga ega RBT xizmatimizni rivojlantirib bormoqdamiz. So‘z faqatgina fonotekani kengaytirishda emas, balki xizmatning parametralri husussida bormoqda. Keyingi xaftadan boshlab “Mening musiqam” xizmati abonentlarga hatto “Jonli nol” da ham amal qiladi”.

“Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham “Bilayn” abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stngizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq