O‘zbekistondagi 1 — raqamli rouming-operator muloqot sarhadlarini yanada kengaytirmoqda
11.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilgani haqida xabar beradi.

GPRS-rouming xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “Wind” (Italiya), “O2” (Buyuk Britaniya), “PCCW” (Gonkong), “Cable&Wireless” (Panama), “Mobitel” (Bolgariya), “Vodafone” (Malta) “DoCoMo Pacific” (Guam) kompaniyalari bilan shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, endlikda “Bilayn” abonentlariga “Telecel” tarmog‘ida (Markaziy Afrika Respublikasi) ham ovozli rouming taqdim etiladi.

beeline_11_05_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov shunday dedi: “Mobil Internet” bizni hayotimizda mustahkam o‘rnashdi va ko‘plab mijozlarimiz safar paytlarida bundan voz kechishni istamaydilar, kecha olmaydilar ham. “Bilayn” O‘zbekistonning yetakchi rouming-operatori sifatida bu borada imkoniyatlarni maksimal darajada kengaytirishga harakat qilgan holda, dunyoning turli qismlaridan yangi hamkorlarni izlashda davom etmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonеntlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq