“Beeline Club” ning yangi hamkori – “Golden Ball Samarkand” bouling-klubi
10.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Golden Ball Samarkand” bouling-klubining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari klubning barcha xizmatlari uchun 25% va 50% lik chegirmalarni kafolatlaydi.

“Hatto “Beeline Club” hamkorlarining muntazam o‘sib borishi hisobga olinganda ham, bu kabi katta chegirmalarni kamdan-kamlari taqdim eta oladi va biz bu uchun samarqandlik do‘stlardan minnatdormiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bian aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Biz aminmizki, bu kabi bonuslar klub kartalari egalarini e‘tiborsiz qoldirmaydi va hamkorligimiz hamma uchun samarali bo‘ladi.”

beeline_10_05_2011

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq