“VIP Beeline” tarifi endilikda xususiy tadbirkorlarga ham amal qiladi
06.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yangi “VIP Beeline” tarif rejasini taqdim qiladi. Oyiga $30 evaziga abnentlarga 3000 ming daqiqa, 3000 ta SMS, 300 Mb Internet-trafik va $50 lik «oltin» raqam beriladi.

“Ilgari mazkur tarif faqatgina jismoniy shaxslarga amal qilar edi, biroq ko‘plab iltimoslarni inobatga olgan holda biz uning amal ta’sirini xususiy tadbirkorlarga ham yo‘naltirdik, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Endilikda ularda “VIP Beeline” xizmatidan foydalanganlik uchun xususiy tadbirkorlar bank kartalari orqali to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi”.

Mazkur tarifga o’tish *110*3001# kodi orqali amalga oshiriladi. “VIP Beeline” tarifiga kiritilgan Megabayt paketini aktivlashtirish uchun *110*535# kodini terish lozim. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq