“Nuroniy” jamg‘armasi va “Bilayn” faxriylarni G‘alaba bayrami bilan qutladilar
05.05.2011
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Xotira va Qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun katta tabir o‘tkazdilar.

5 may kuni “Ezidyor” tantanalar zalida poytaxt va Toshkent viloyatidan bo‘lgan front qatnashchilari va front orqasidagi mehnatkashlar uchun tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. 400 ga yaqin faxriylar “Bilayn” ko‘magida “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan bayramona kecha mehmoni bo‘ldilar.

veteran_5_05_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Nuroniy” jamg‘armasining Markaziy kengashi raisi Erkin Bakibaev quyidagilarni qayd qildi: “Qadrli faxriylarimiz vatandoshlarimiz qalblaridan doimo joy olib kelganlar. Ularni nafaqat mamlakat rahbariyati va bizning jamg‘arma, balki ko‘plab jamoat tashkilotlari, shuningdek yirik tijorat tuzilmalari qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. “Bilayn” bilan hamkorlikdagi faoliyatimiz ijobiy an’anaga aylandi va men ushbu ajoyib kechani tashkil qilishda yordam ko‘rstagani uchun O‘zbekiston faxriylari nomidan kompaniyaga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

Kecha mehmonlariga bayramona stol va sovg‘alardan tashqari keng musiqiy dastur tashkil qilindi: faxriylarni mashhur estrada ijrochilari o‘z ijodi bilan xursand qildilar.

“Har birimiz O‘zbekistonning G‘alabaga qo‘shgan bebaho hissasini unutmasligimiz lozim, — dedi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.- Respublikaning deyarli bir yarim million fuqarolari frontda urush olib borganlar, undan-da ko‘prog‘i front orqasida mehnat qilganlar va bu jasorat hech qachon unutilmaydi. Avlodlar xotirasidan o‘zbek xalqining bu yerda do‘stlar va boshpana topgan millionlab kishilarning hayotini saqlab qolish bilan bog’liq buyuk xizmatlari ham o‘chmaydi. Ko’rsatgan jasoratingiz, olijanobligingiz va mehribonchiligingiz uchun rahmat sizlarga, qadrli faxriylar!”

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq