“Beeline Business” “Biznes Balans” yangi tarifini ishga tushirdi
04.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) korporativ mijozlar uchun “Biznes Balans” yangi tarif rejasini taqdim qiladi. Oyiga atigi $13 evaziga abonentlar kiritilgan 1000 daqiqa, 100 ta SMS, 100 Mb Internet-trafik va $50 lik “oltin” raqamni qo‘lga kiritadilar.

“Yangi taklifning nomi o‘z-o‘zidan ma’lum, — voqeani sharhlaydi “Unitel” ning Korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Bu biznes uchun haqiqatan ham balanslangan yechim va u mijozlarimizga ishchi masalalarda e’tibor qaratgan holda muloqot narxi haqida o‘ylamaslik imkonini beradi. “Beeline Business” abonentlari yangi tarifni munosib baholashiga ishonamiz”.

“Biznes Balans”ning muhim xususiyati kiritilgan daqiqalar faqatgina O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga sarflanadi. Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul. Chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning kiritilgan daqiqlardan oshig‘i daqiqasi uchun $0,02 qiymatda tarifikatsiyalanadi. Shuningdek, nolli va manfiy balansda kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni nafaqat ichki tarmoqdan, balki boshqa mobil aloqa operatorlaridan ham qabul qilish mumkin.

Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq