MTS-O‘zbekiston kompaniyasining “Tungi Internet” xizmati ikki marta arzonlashdi
03.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi, 2011 yil 1 maydan boshlab «Tungi Internet» xizmati foydalanuvchilari uchun 1 Mb tungi trafik narxi atigi $0,01 ekanini ma’lum qiladi.

2011 yil 1 maydan boshlab «Tungi Internet» xizmati ikki marta arzonlashdi, endi 1 Mb tungi Internet trafik narxi atigi $0,01. Bundan tashqari «Tungi Internet» xizmatida abonent to‘lovi yo‘q. Ushbu xizmat kompaniya abonentlariga 01:00 dan 08:00 gacha arzon narxda mobil Internetdan foydalanish imkonini beradi.

«Bugun mobil aloqaning aktiv foydalanuvchilari an’anaviy ovozli xizmatlardan tashqari mobil Internetdan foydalanishga katta ahamiyat bermoqda. Shu sababli biz bugun mobil Internet uchun yangilangan taklifni taqdim etamiz va taklifimiz abonentlarimizning muhim ehtiyojlarini qondiradi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.

«Tungi Internet» xizmatining yangi narxlari:

mts_3_05_2011_1

«Tungi Internet» xizmatiga ulanish:

• *111*0241# USSD-komandasi yordamida;
• «Mobil portal» yordamida *111#;
• 616024 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» orqali.

*Xizmatni aktivlashtirish/o‘chirish – bepul;
*«Tungi Internet» xizmatining abonent to‘lovi yo‘q;
* WAP/MMS/GPRS-Internet xizmatining abonent to’lovi – $0,02 (kuniga).

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq