MTS-O‘zbekiston kompaniyasining «Korporatsiya» tarif rejalari yangilandi
03.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba kompaniyasi hisoblangan eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi 2 ta yangi «Korporatsiya Profi» va «Korporatsiya VIP» tarif rejalari ishga tushirilgani hamda «Korporatsiya Bazaviy» tarif rejasi yangilangani haqida ma’lum qiladi.

«Korporatsiya Profi» tarifiga ulangan korporativ abonentlar bir oyda 8 dollarlik abonent to‘lovi evaziga 500 daqiqaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha qolgan korporativ tariflarda bo‘lganidek o‘z korporativ guruhi ichidagi barcha suhbatlar va barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul. MTS-O‘zbekiston tarmog‘i ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi suhbatning uchinchi daqiqasidan boshlab $0,001 (1 daq.ucun), birinchi va ikkinchi daqiqa narxi esa $0,01 (1 daq.ucun). O‘zbekiston bo‘yicha qolgan barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi $0,02.

«Korporatsiya VIP» tarif rejasida MTS-O‘zbekiston tarmog‘idagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar hamda mutlaqo barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar – bepul. O‘zbekiston bo‘yicha qolgan barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar daqiqasi $0,02. Ushbu tarifda har oylik abonent to‘lovi $15.

Ikkita korporativ rejalar ishga tushirilishidan tashqari kompaniya shuningdek amaldagi «Korporatsiya Bazaviy» tarif rejasini yangiladi, ushbu tarifda tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi arzonlashdi. Endi MTS tarmog’idagi chiquvchi qo‘ng‘iroqning 2 ta birinchi daqiqasining har biri atigi $0,01, keyingi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi $0,001. O‘zbekiston bo’yicha qolgan barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi $0,02. Ushbu tarifda har oylik abonent to‘lovi narxi o‘zgarmadi.

Bundan tashqari, endi barcha yangi korporativ tariflarda qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish mumkin, misol uchun:
• O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS-xabar narxi $0,015 (avvalgi narxi $0,02), tarmoq ichidagi chiquvchi SMS-xabarlar narxi avvalgidek arzon narxda – $0,01;
• Yangilangan korporativ tariflarda GPRS-MMS+WAP+INTERNET xizmatlaridan foydalanish uchun abonent to‘lovi yo‘q, 1 Mb Internet-trafik narxi atigi $0,06.

Shuningdek tarmoq ichidagi barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va bepul servis (shoshilinch xizmat) raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar paketdagi daqiqalarni sarflamasligini aytib o‘tish lozim.

MTS tarmog‘ida 3 tadan ortiq aktiv raqamlarga ulangan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar «Korporatsiya» tarif rejalariga, shu jumladan yangi «Korporatsiya Profi» va «Korporatsiya VIP» tarif rejalariga ulanishlari mumkin.

«Korporatsiya» tarif rejalariga ulangan abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun MTS ofislarida muhim mijozlar bilan ishlaydigan Departamentning maxsus xodimlari ishlaydi. Bundan tashqari, kompaniyaning korporativ mijozlari uchun tunu-kun 0990 raqami ishlaydi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq