MTS-O‘zbekiston kompaniyasi «VIP Kun» xizmatini aktivlashtirish narxini arzonlashtiradi
03.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi, «VIP Kun» xizmatini aktivlashtirish narxi $0,55 ga arzonlashganini ma’lum qiladi.

2011 yil 1 maydan boshlab «VIP Kun» xizmatini aktivlashtirish narxi $ 0,77 dan $ 0,55 ga arzonlashdi. Unga ulangan MTS-O‘zbekiston kompaniyasi abonentlari butun keyingi kun davomida qarindoshlari va yaqinlari bilan bepul muloqotda bo‘lishlari mumkin.

Xizmatni quyidagi usullar yordamida aktivlashtirish mumkin:

mts_3_05_2011

Ta’kidlash lozimki, yangi hisob-kitob tizimiga o’tkazilgan abonentlar USSD-komandani terib va xizmatni aktivlashtirishni tasdiqlab, «VIP Kun» xizmatini aktivlashtirishlari mumkin*.

Izohlar
• Xizmat aktivlashtirilgach, keyingi kuni tarmoq ichidagi barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bepul.
• Agar xizmat aktivlashtirilgan kunning ertasi kuni abonent blokirovkada bo‘lsa, hisob to’ldirilmagunigacha xizmat ko‘rsatilmaydi.
• Abonent hisobida yetarlicha mablag’ ($0,99 dan ortiq) bo’lsa, xizmat aktivlashtiriladi. Aktivlashtirilgandan keyin mablag’ o‘tkaziladi.

*Xizmat aktivlashtirilganligi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 24 soat ichida xizmat amalda bo‘ladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq