“Bilayn” poytaxt oliygohlarida SMS-Olimpiada o‘tkazmoqda
03.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHhJ QK) poytaxt oliygohlari talabalari orasida I SMS-Olimpiada boshlanganligi haqia e’lon qiladi. Bugun loyihaning mingdan ortiq ishtirokchilari o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan va “Zava Mobile” kontent-provayder orqali SMS ko‘rinishida tarqatilgan savollraga javob berib, testdan o‘tmoqdalar.

2011 yil mart-aprelida “Bilayn”ning ta’lim loyihalarida ishtirok etish istagini bildirgan 6 ta universitet va institut ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Har bir oliygoh uchun barcha kurs va fakultet talabalariga mo‘ljallangan umumiy fan tanlanib, uning doirasida testlar tayyorlandi.

beeline_3_05_2011_1

“Bu biz uchun oliygohlar bilan interaktiv hamkorlik qilisda birinchi tajriba hisoblanadi, — deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Hozirdan ko‘rinadiki, tajriba muvaffaqiyatli amalga oshdi va bizni qo‘llab-quvvatlagan TATU, O‘zDJTU, Moliya instituti va boshqa oliygohlar rahbariyatidan minnatdormiz. Aminmizki, “SMS-Olimpiada” loyihasi keyingi o‘quv yilida ham o‘ziga xos o‘rinda davom etadi va rivojlanadi”.

beeline_3_05_2011_2

14 dan 28 aprelga qadar SMS-Olimpiadada ishtirok etayotgan oliygoh talabalari aniq prefiksli “Bilayn” raqamlariga ulangan bo‘lib, 3 may kuni ertalab ushbu raqamlarga tanlovning birinchi bosqichi savollari jo‘natildi. Uning natijalari bo‘yicha finalistlar aniqlanib, ular uchun qo‘shimcha SMS-test o‘tkaziladi. Testlarga hammadan oldin to‘g‘ri javob qaytargan SMS-Olimpiada g‘oliblari (har bir oliygohdan bittadan vakil) kompaniyadan pullik mukofotga ega bo‘ladilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq