“Bilayn” mobil Internetni tezlatmoqda
03.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) uchinchi avlod tarmoqlari parametrlari yaxshilangani haqida e’lon qiladi. Endilikda “Bilayn” abonentlari 7,2 Mbit/s gacha tezlikdagi Internetdan foydalanishlari mumkin.
“Bizning ishlarimiz mamlakatimizni internetlashitirish jarayoniga ko‘maklashayotganidan mamnunmiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Texnik direktori Anton Golikov. – “Bilayn” birinchi bo‘lib 3G tarmog‘ining apgreydini yakunlab hamda sekundiga 7,2 Megabitgacha tezlikda xizmatlar ko‘rsatishni boshlab, yana bir bor innovatsion yetakchi mavqeini isbotladi. Viloyatlarda 3G ning faol rivojlanishini hisobga olgan holda yangilik o‘n millionlab potensial foydalnuvchilarga bevosita ta’sir qilishini aytib o‘tish mumkin”.
Ma’lumotlarni 7,2 Mbit/s tezlikda yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi 3G-modemlarni 2011 yilning yozida qo‘lga kiritish mumkin.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi