“Bilayn” Internet-paketlardan foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda
02.05.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) Internet-paketlardan foydalanish shartlari yaxshilanganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda ular WAP-trafikka ham sarflanishi mumkin.

“Internetning rivojlanishi va mobil keng polosali kirishda yetakchilik qilish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi, – qayd qiladi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abudrazakov. – “Bilayn” abonentlari orasida WAP protokoli katta qiziqish bilan foydalanilayotganligi bois, Internet-paket amal qilish qilish doirasini mazkur segmentga ham kengaytiridik”.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yil 18 aprel kuni Internet-paketlar tariflar qatoriga qo‘shimchalar kiritilib, ular foydalanuvchilarga keng tanlash imkoniyatini taqdim qildi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq