“Zo‘r-Zo‘r” tarifida ichki muloqot tarifining narxlari arzonlashtirildi
29.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) “Zo‘r-Zo‘r” tariff rejasining shartlari yaxshilangani haqida e’lon qiladi. Endilikda tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning narxi 1 daqiqa uchun $0,01 gacha pasaytirildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni qayd qildi: “Zo‘r-Zo‘r” bizning yetakchi tariflarimizdan bo‘lib qoladi va uning platformasida biz shu kunga qadar qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha bir qator ajoyib takliflar berganmiz. Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar narxining pasaytirilishi – abonentlarga yon berishda birinchi qadam va biz erishilgan natijada to‘xtamay, ilgari borishni rejalashtirmoqdamiz”.

“Zo‘r-Zo‘r” qolgan shartlari o‘zgartirilmasdan qoldiriladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq