“Bilayn” – Facebookning o‘zbek segmentida 1 raqamli brend
28.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq hisoblangan www.facebook.com statistikasini olib boruvchi www.socialbakers.com nufuzli xalqaro portalining xulosasiga ko‘ra O‘zbekitondagi 1 raqamli Facebook-brend sifatida tan olingan.

“Atigi yarim yil ichida kompaniyamiz Facebookda ushbu nufuzli ro‘yxatning boshiga chiqishga erishganidan g‘ururlanamiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Tajribamiz shuni ko‘rsatadiki, Facebook va Twitter – kommunikatsiya va mijozlar bilan muloqot uchun o‘ta istiqbolli kanal hisoblanadi. Shuning uchun boshqa ommaviy tarmoqlarda ham bo‘lish imkoniyatlarini kuchaytirish niyatidamiz”.

beeline_28_04_2011

www.socialbakers.com ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Facebookdan foydalanuvchilarning soni oxirgi 6 oy mobaynida ikki marotaba oshib, bugungi kunda ularning soni 70 000 kishidan ortiqni tashkil qiladi. Bu haftada http://www.facebook.com/beeline.uz “Bilayn” korporativ sahifasiga obuna bo‘lganlarning soni 4 000 dan oshdi. Axborotni har oyda ko‘rib chiqishlar soni esa 300 000 ga yaqinlashib qoldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq