“Unitel” MCHJ ning Korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori etib Erkin Achildiev tayinlandi
27.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) Erkin Achildievni “Unitel” MCHJ ning Korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori lavozimiga tayinlangani haqida e’lon qiladi. U ilgari bu lavozimda bo‘lgan, kompaniyani 2010 yil 6 noyabrda tark etgan Ivan Smolensevning o‘rniga tayinlandi.

Mazkur tayinlanishni sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Kompaniyadagi o‘n yillik faoliyati davomida Erkin o‘zini nafaqat yuqori darajadagi professional, balki kuchli boshqaruvchi sifatida ham ko‘rsatdi. Oxirgi yillarda u eng yirik filiallarimizdan biriga mas’ul bo‘lib kelgan va uning rahbarligi ostida “Bilayn” Farg‘ona vodiysida o‘z yetakchiligini mustahkamladi. Xususan, u ishlagan paytda hududdagi B2B aktiv abonentlarining soni yetti barobar o‘sdi. Bugun endi Erkinninng zimmasida xuddi shu vazifalarni butun mamlakat miqyosida amalga oshirish turibdi”.

beeline_27_04_2011

“Rivojlanib borayotgan bozor sharoitida korporativ segmentni boshqarish – nozik masala va bu borada “Beeline Business” alohida yo‘nalishi mavjudligi jiddiy raqobatbardosh ustungligimizdan hisoblanadi – dedi Erkin Achildiev. – Biz oddiy va arzon tariflarni ishga tushirishda davom etamiz. Bunda 3G hamda optik tolali tarmoqlar bazasida yuqori texnologik xizmatlar va paketli takliflarga zarur e’tibor qaratamiz. Sifatli ilg‘or xizmatlar operatori imidji ko‘p vazifalar yuklaydi va biz ushbu yuqori martabani saqlab qolishga harakat qilamiz”.

Erkin Achildiev 1970 yil 19 iyun kuni Toshkentda tug‘ilgan. 1988-1989 yy. Qurolli Kuchlar safida xizmat o‘tagan. 1997 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining “Iqtisodiyot va tarnsportda boshqaruv” fakultetini “injener-iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1990 yildan 1992 yilga qadar “O‘zqurilishtrans” kompaniyasida ishlagan va u yerda qisqa vaqt ichida oddiy xodimdan tijorat bo‘limi boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilgan. 1992 yilda Erkin IIV tizimiga o‘tgan.

Telekommunikatsiya sohasidagi faoliyati 2001 yil fevral oyida “Unitel” ma’muriy bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlangan. 2006 yil aprelda u Sotib olish, shartnomalar va logistika xizmati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan. 2008 yil avgustdan Erkin “Unitel” ning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatidagi abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi Sharqiy hududiy filiali Direktori lavozimida ishlab kelgan. Ishdan va professional o‘sish vaqtidan bo‘sh bo‘lgan paytlarda suzish bilan shug‘ullanadi. Oilali, ikkita bolani tarbiyalamoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq