“Beeline Business” dan bahorgi taklif
20.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) korporativ mijozlar uchun bahorgi aksiya ishga tushirilganligi haqida xabar qiladi.

2011 yil 15 iyuliga qadar “Beeline Business” abonentlari atigi $20 ga “Mobil Ofis” xizmati bilan Internetga ulanishlari mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, «Unitel» ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: Mobil Internet hayotimizda yanada muhim o‘rin egallab bormoqda: bugun zamonaviy biznesni ushbu texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Biz xizmatlarimizni yanada arzonroq qilishga harakat qilmoqamiz va buning natijasida mijozlarimiz faoliyatining samarasi yanada oshishiga ishonamiz”.

”Mobil ofis” — bu mobil telefondan foydalanmay turib modem yoki personal kompyuter yordamida Internet tarmog‘iga ulanish uchun kompleks yechimdir.

Batafsil ma’lumot – b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq