Vimpelkomning Wind Telecom bilan birlashuvi yakunlanmoqda
19.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha yetakchi xalqaro provayderlar “Vimpelkom Ltd.” (“VimpelKom” yoki “Kompaniya”) va WIND TELECOM S.p.A., (“Wind Telecom”), yangi global telekommunikatsion guruhni joriy qiluvchi ikki kompaniyaning birlashuvi bo‘yicha bitim (“Bitim”) yakunlanganligi haqida e’lon qilinishdan mamnunlar.

Bitim natijasida “VimpelKom” Wind Telecom orqali “Orascom Telecom Holding S.A.E.” (“Orascom Telecom”) kompaniyasining 51,7% ga va “Wind Telecomunicazioni S.p.A.” (“Wind Italy”) ning 100% ga ega bo‘ldi. “VimpelKom” va “Wind Telecom” ning birlashuvi 20 ta davlatda xizmat ko‘rsatuvchi, dunyoda abonentlar soni bo‘yicha oltinchi eng yirik kompaniyani joriy qilmoqda, 2010 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra abonent bazasi 181 million abonentga yetdi.

2011 yil 17 mart kuni “VimpelKom” aksionerlari oddiy va konvertatsiya qilinadigan imtiyozli aksiyalar chiqarilishini ma’qullab, shu bilan global diversifikasiyalangan platformani yuzaga keltirishga yo‘l ochib berdilar.
Wind Telecomning sobiq aksionerlari “VimpelKom”ning 325 639 827 ta yangi oddiy aksiyalariga va “VimpelKom”ning 305 000 000 ta yangi konvertatsiya qilinadigan imtiyozli aksiyalariga ega bo‘ldilar. Wind Telecom guruhidan ajratilib, Weather Investments II S.?.r.l. (“Weather II”) ga qayta kiritilgan alohida aktivlar 1 495 million AQSH dollarini pul mablag‘lari sifatida oladilar.

“VimpelKom” Kuzatuv Kengashi Raisi Djo Lunderning sharhlari

“Bu tarixiy bitim — “VimpelKom” uchun oldinga tashlangan katta qadam. Bu keyingi taraqqiyot uchun platforma yaratadi va u Kompaniyaning Kuzatuv Kengashi tomonidan jiddiy ma’qullanib, bizga Yevropa, Osiyo, va Afrikada o‘z bo‘linmalariga ega haqiqiy global o‘yinchiga aylanishga imkon berdi. Shu paytning o‘zida birlashgan “VimpelKom” o‘z aksionerlari uchun 2011 yilda va keyin ham narx o‘sishi tarafdori bo‘lib qoladi. Bu yetakchi global komapniya uchun tanqidiy hisoblanadi”.

Wind Telecom Direktorlar kengashi Raisi Nagib Saviris sharhlari

“Biz “VimpelKom” dagi yangi hamkorlarimiz bilan umumiy global tasavvurni bo’lishamiz. Yangi kengaytirilgan va diversifikatsiyalanlan telekommunikatsiya platformamizning istiqbollari ruh bag‘ishlab, mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlardagi aktivlarimizning yuqori sifatini aks ettiradi. Bundan tashqari, Orascom Telecomdagi minoritar aksionerlarimiz ikkita kompaniya birlashuvidan olinadigan sinergiyalar va Orascom Telecom moliyaviy ahvolining umumiy kuchayishi hisobiga yutadilar”.

“VimpelKom” Bosh boshqaruvchi direktori Aleksandr Izosimovning sharhlari

“Katta va murakkab bitimning yakuni taraqqiyot uchun va qiziqarli imkoniyatlarni ochib, kompaniyamizga rivojlanayotgan bozorlarda kuchli o‘sish, industriyaning birlashuvi va ma’lumotlarni mobil yetkazib berishning tez sur’atda o‘sishidan foyda ko‘rishga imkon tug‘dirmoqda. “VimpelKom” asosan sotib olish sohasida sinergiyalarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratib, integratsiya jarayonini boshladi. Biz, shuningdek, kompaniyaning riojlangan yetakchilik potensialidan, uning miqyosi va telekommunikatsiya bozorida ekpert bilimlaridan ham foydalanmoqchimiz. Bundan tashqari, biz iloji boricha tez orada qarz majburiyatlarmizni to‘lab va biznesinimzning barqaror rivojini ta’minlab, moliyaviy pozitsiyalarimizni mustahkamlash bo‘yicha va’dalarimiz ustidan chiqishni rejalashtirmoqdamiz”.

Birlashgan Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va asosiy lavozimlar

Bitimning yakunlanishi bilan “VimpelKom Ltd.” Kuzatuv Kengashi Kompaniyaning yangi korporativ tuzilmasini va asosiy lavozimlarni ma’qulladi. Yangi tashkiliy tuzilma o‘zining tijoriy va geograik miqyosini kengaytirgan “VimpelKom”ning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, Kompaniya boshqaruvining va rahbarlik qilishning tuzilmasini saqlab qoldi.

Kompaniyaning korporativ Shtab-kvartirasi Amsterdamda bo‘lib, o‘z ichiga bir necha markazlashgan korporativ funksyalarni oladi, ular qatorida: korporativ moliya, soliqlar, korporativ hisobot va nazorat, g‘aznachilik, yuridik funksiya, boshqaruv masalalari, xodimlar bilan ishlash, jamoatchilik bilan aloqalar, investorlar bilan aloqalar, M&A, tijorat operatsiyalari, texnologik strategiya/sotib olish.

“VimpelKom” ga Bosh borshqaruvchi direktor Aleksandr Izosimov rahbarlik qiladi. Janob Izosimovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan oliy menejment vakillari:

• Xaled Bichara, Prezident va Bosh operatsion direktor;
• Xenk van Dalen, Bosh moliyaviy direktor;
• Djeffri MakGi, Kompaniyalar guruhining Bosh yuriskonsulti;
• Anya Uitdexeyg, Kompaniyalar guruhining xodimlar bilan ishlash bo‘yicha direktori; va
• Kompaniyalar guruhining boshqaruv masalalari bo‘yicha direktori qilib ilgari Wind Telecom kompaniyalar guruhining Bosh boshqaurvchi direktori lavozimida ishlagan va yangi joriy qilingan Prezident va Bosh operatsion director lavozimiga tayinlangan Xaled Bichara tayinlanadi. Xaled Kompaniyaning barcha biznes-bo‘limlari faolyaiti ustidan nazorat olib boradi, shuningdek yangi joriy qilingan tijorat va texnik funksiyalarga rahbarlik qiladi. Bosh texnik direktor va Bosh tijorat direktori rahbarlik qiladigan mazkur fuenksiyalarning asosiy yo‘nalishlari Kompaniyaning sinergiyalar va texnika hamda texnolgiyalar sotib olish va tijoriy taraqqiyot bo‘yicha rejelashtirilgan ko‘rsatkichlarga erishishdan iborat bo‘ladi.

Kompaniyaning yangi tuzilmasida beshta asosiy biznes-bo‘lim bo‘ladi:

• Yevropa va Shimoliy Amerika (Italiya va Kanadani o‘z ichiga olgan holda)
• Rossiya
• Ukraina
• MDH
• Afrika va Osiyo (Orascom va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini o‘z ichiga olgan holda)

Moliyalashtirish va hisobot

1,495 milliard AQSH dollari miqdorida bitimni to‘lovi joriy pul mablag‘lari qoldig‘i hamda yangi qarz majburiyatlari hisobiga amalga oshirildi.

Kompaniya Wind Italy darajasida mustaqil moliyalash tuzilmlaridan foydalnishda davom etmoqda va bu borada Orascom Telecomning xolding kompaniyasi darajasidagi qarzining bir qismi “VimpelKom” dan olingan ichki guruh qarz hisobiga qayta moliyalashtiriladi. Orascom Telecom sho‘’ba korxonalarning barcha qarzlari saqlanib qolinadi.

Rahbariyat 2011 yil 15 apreldan Wind Telecomning moliyaviy natijalarini birlashtirishni rejalashtirmoqda.

Orascom Telecom va Wind Italy dan aktivlarni ajratib olish

Wind Telecom ajratilishi lozim bo‘lgan aktivlardagi ulushi o‘z ichiga asosan Orascom Telecomning Misrdagi va Shimoliy Koreyadagi hamda Wind Italy ning Wind International Services S.p.A. sho‘’ba korxonasidagi, shuningdek boshqa uncha katta bo‘lmagan aktivlardagi investitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Aktivlarni ajratib olinishi Bitim yakunlangandan so‘ng amalga oshirilishi kutilmoqda.

Jazoir

Orascom Telecom Algerie (“OTA”) VimpelKom uchun strategik muhim aktiv bo‘lib qoladi. Shuning uchun VimpelKom Jazoir Hukumati bilan birgalikda “VimpelKom” ga Bitim yakuni bo‘yicha OTA ni saqlab qolishga imkon beruvchi qarorni ko‘rib chiqishdan manfaatdor. Bunday qarorni mantiqiy vaqt oralig‘ida ishlab chiqishning iloji bo‘lmagan taqdirda, “VimpelKom” Bitim yakunlanganidan so‘ng olti oy mobaynida istalgan paytda “VimpelKom” va Weather II o‘rtasida Orascom Telecom ning OTA aksionerlik kapitalida ishtirokiga nisbatan qiymatning bo‘linishi mexanizmini qo‘llash huquqiga egadir. Bu “VimpelKom”ni muhim darajada Jazoirda nobarqaror vaziyat rivojlanganda saqlanib qolinishiga qaratiladi.

Imtiyozli huquq berish talabi bilan arbitraj jarayon

Telenor tomonidan “VimpelKom Ltd.” va Altimo Holdings & Investments Ltd. ga qarshi “VimpelKom” Aksionerlari Bitimi shartlari bo’yicha boshlangan arbitraj jarayon prosedurasi davom etmoqda. Ayni paytda arbitraj jarayon to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot yo‘q. “VimpelKom”, ilgari tasdiqlanganidek, mazkur arbitraj jarayoni bo‘yicha sudning istalgan qaroriga qo‘shiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq