“Beeline Club” 3D-kinoteatrga taklif qiladi
19.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Kolizey Cinema Hall” 3D – kinoteatri “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganligi haqida xabar qiladi. “Platinum” va “Gold” imtiyozli kartalari egalariga Toshkentdagi birinchi 5.1 Dolby surround tovushli 3D-kinoteatrida filmlar tomosha qilish uchun 20% chegirma beriladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “O‘zbekiston aholisiga yangi qiziqarli xizmatlarni taqdim etayotgan kompaniyalar hamkorlarimizga aylanayotganidan xursandmiz. “Beeline Club” tufayli ushbu xizmatlar arzonroq bo‘layotgani hamkorlik tarmog‘imizni yanada kengaytirishga turtki bo‘lmoqda”.

beeline_19_04_2011

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq