“Bilayn” 3G USB-modemlari yanada arzonlashdi
15.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanish bahosining navbatdagi arzonlashtirilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda atigi 45 000 so‘mga xizmatga ulanib, 3G-modemni qo‘lga kiritish mumkin. Undan 4 000 so‘m abonent balansiga kelasi xarajatlar hisobiga o‘tkaziladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantirsh bo‘yicha Tijorat direktori Marat Serikov shunday dedi: “Bilayn” Internetini yanda arzonlashtirish imkoniyati paydo bo‘lagnidan xursandmiz. Tashabbusimiz mobil KPK bozorida yetakchilik qilishgagina yordam berib qolmay, mamlakatni yanada internetizatsiyalashga ko‘mak berishiga ishonaman”.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq