“Bilayn” quvnoqlar va zukkolarni birlashtirmoqda
14.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yana bir bor Quvnoqlar va zukkolar klubi o‘yini o‘tkazilishini qo’llab-quvvatladi.

O‘tgan haftada Nukusda QZKning mahalliy kollejlar o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan turnirining yakuniy o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ikki oyga yaqin davom etgan musobaqalarda 20 tadan ortiq jamoa qatnashib, eng kuchlilar an’naviy maydon – Berdax nomidagi kinoteatrda kuch sinashdilar. Birinchi to‘rtta o‘rinni egallagan jamoalar “Bilayn”dan sovg‘alarni va “oltin” raqamlarga sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJning G‘arbiy filiali direktorii Abay Kolanov shunday dedi: “QZK o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlash – kompaniyamizning eski an’analaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizga kelgandan buyon “Bilayn” O‘zbekiston QZK jamoalari uyushmasining homiysi edi va biz Qoraqalpog‘istondagi yosh quvnoqlar va zukkolarga sidqidildan yordam bermoqdamiz”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq