“Ofis 5 daqiqada” xizmatning mashhurligi 3G tarmoqlarining rivojlanishi bilan o‘sib bormoqda
08.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) biznes va OAV vakillaru uchun “Ofis 5 daqiqada” xizmati taqdimotini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, “Ofis 5 daqiqada” – bu telefon aloqasi, Internetda ishlash, hamda kompyuter tarmog‘ini tashkillashtirish uchun kompleks yechimdir. “Bilayn” SIM-kartali ixchamgina 3G-router statsionar telefonni ulagan, xodimlarga internetda ishlash imkoniyatini taqdim etgan hamda lokal tarmoqni sozlagan holda butun ofis ishini mustaqil ravishda tashkillashtirish imkoniyatini beradi.

beeline_8_04_2011

“Uchinchi avlod tarmoqlarining faol rivojlanishini devayslarga bo‘lgan talabning oshib borishiga olib kelmoqda – qayd qiladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Agarda USB-modemlar ommaviy bozorga tegishli bo‘lsa, 3G-routerlar aynan biznesga juda mos tushadi. Yaqin oylarda “Bilayn” 3G tarmoqlari O‘zbekistonning yana o‘nlab shaharlarida joriy qilinadi, demak “Ofis 5 daqiqada” xizmati yordamida kiriladigan Iternetning tezligi jiddiy ravishda oshadi”.

3G-routerga, tarmoq kabeli yordamida ulangan 2 ta kompyuterdan tashqari, 64 tagacha kompyuter va Wi-Fi dan foydalanilgan boshqa moslamalarni, shuningdek, 1 ta statsionar (analogli) telefon apparatini ulash mumkin. 3G-routerning dasturiy ta’minoti ayni vaqtda “Bilayn” ning tarmog‘ida moslamaning ishini ta’minlash uchun avvaldan o‘rnatilgan moslamalarni o‘z ichiga olgan. Asbob-uskunalarni mustaqil sozlash uchun maxsus interfeys ko‘zda tutilgan. Xizmatga ulanishning bahosi QQS siz $300 ni tashkil etadi. Batafsil ma’lumot – http//b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq