“Beeline Club” imtiyozli kartаlarning amal qilish muddatini uzaytirmoqda
06.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Gold” va “Platinum” darajali “Beeline Club” imtiyozli kartalarining amal qilish muddati 2011 yil 30 iyungacha uzaytirilganligi haqida xabar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Beeline Club” – milliondan ortiq kishini birlashtirgan eng dinamik rivojlanayotgan loyihalarimizdan biridir. Minglab abonentlarimiz dasturning hamkorlar tarmog‘ida jiddiy chegirmalar beruvchi “Gold” va “Platinum” imtiyozli karta egalaridirlar. Mazkur kartalarning amal qilish muddatining navbatdagi – bu safar birinchi yarim yillikning oxiriga qadar uzaytirilganligini xabar qilishdan mamnunmiz”

beeline_6_04_2011

Eslatib o‘tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq