Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruvi tizimida rivojlanishi muhokama qilindi
03.04.2011
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_3_04_2011

Joriy yil 31 mart kuni “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazida “Davlat boshqaruvi tizimida axborot texnologiyalarini rivojlantirishning roli va ahamiyati” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda davlat qo‘mitalari, idoralari va agentliklari vakillari ishtirok etdi.

Seminardan asosiy maqsad – O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bilan tanishishdan iborat.

Davlat idoralarida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanishi boshqaruv samaradorligini oshirish, mamlakat axborot oshkoraligini ta’minlash, davlat organlarining fuqarolar va tadbirkorlar bilan muloqotida tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Seminarda davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri bo‘lgan davlat organlari saytlarini hamda interfaol davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish, axborot tizimlari va resurslarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, qatnashchilar “elektron hukumat” tizimida axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va bu borada erishilgan muvaffaqiyatlar bilan tanishdilar.

Tadbirda davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish asoslari, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish masalalari muhokama etildi. Seminar ishtirokchilari davlat hokimiyati va boshqaruvida axborot texnologiyalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari va bu borada erishilgan yutuqlar xususida tajriba va fikr almashdi. Davlat tuzilmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq