“Bilayn” abonentlari “SMS-TO‘LOV” elektron to‘lov tizimi imkoniyatlaridan birinchi bo‘lib foydalanishlari mumkin
01.04.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “SMS-TO‘LOV” naqd pulsiz elektron to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi.

“SMS-TO‘LOV” – bu mamlakatimiz uchun juda noyob hisoblangan elektron ma’lumotlarni yetkazish tizimidir. Uning yordamida abonentda tovar va xizmatlar uchun onlayn-to‘lovlarni amalga oshirgan holda, o‘z bank depozitidagi pul mablag‘laridan maksimal darajada foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

beeline_1_04_2011

“Kompaniyamiz birinchi bo‘lib “SSP-Maroqand” to‘lov tizimi operatori bilan kelishuvga erishganidan mamnunmiz va abonentlarmizga bu kabi servisni ko‘rsata olamiz, — qayd qildi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. — “Bilayn” mijozlari orasida “SMS-TO‘LOV” ning ko‘plab muxlislari paydo bo‘lishiga ishonchim komil”

“SMS-TO‘LOV” tizimi bepul va hech qanday komission to‘lovlarsiz ishlaydi. “SMS-TO‘LOV” ga ulanish uchun pasport va mobil telefon bilan birga “MIKROKREDITBANK” OATB ofisiga borish lozim.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq