Kulgi kuni “Bilayn” sovg‘alari bilan “Roma” restoranida
30.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Roma” italyan restoranining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Ushbu restoranda “Platinum” va “Gold” imtiyozli kartalari egalariga 15% va 10% chegirmalar beriladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Hamkorlik dasturimizning navbatdagi kengayishidan mamnunmiz. 1 aprel kuni “Roma” restoranida Kulgi va hazil-mutoyiba kunini bir necha quvnoq tanlovlar va kompaniyamiz sovg‘alari o‘ynaladigan tadbirlar bilan o‘tkazish rejelashtirilmoqda”.

Eslatib o‘tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq