2010 yil yakunlari: O‘zbekistonda “Bilayn” abonent bazasining o‘sish sur’ati 37% dan oshdi
30.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

2010 yilda “VimpelKom”ning O‘zbekistondagi daromadi 209,5 mln AQSH dollarini tashkil qildi.

2011 yil 29 mart kuni telekommunikatsion xizmatlarning yetakchi xalqaro provayderlaridan biri “VimpelKom Ltd.” (“Bilayn” savdo belgisi) IV chorak va 2010 yil uchun o‘z moliya va operatsion natijalarini e’lon qildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi 59 mln AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 2009 yildagiga (50,2 mln dollarga) nisbatan 17,5% ko‘p. Mobil aloqasining asosiy segmentida daromadning o‘sishi chorakdan chorakka 9,7% ni tashkil qildi (2010 yilning III choragidagi $51,4 mln.ga nisbatan $56,4 mln)

O‘zbekistonda OIBDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning eskirishi, nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan operatsion daromad) III chorakka nisbatan 3,2% pasaydi ($21,9 mln.dan $21,2 mln.gacha). Bir paytning o‘zida operatsiyalarning marjinalligi chorak davomida 4,8% pasaydi.

2010 yil yakunlariga ko’ra O’zbekistonda “Bilayn” abonentlarining soni besh millionli ko‘rsatkichga yaqinlashib qoldi va 4 822 000 kishini tashkil qilgdi. Shunday qilib, o‘tgan yilda abonent shartnomalari sonining o‘sishi 1 300 000 dan ortiqni tashkil qildi (+37,2%)

IV chorakda bitta abonent uchun bir oylik mobil aloqasi o‘rta hisobi (ARPU ko‘rsatkichi) 2,4% pasayib, $4 ni tashkil qildi. O‘z navbatida MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent uchun ishlatilgan daqiqalar miqdori) 3,9% ga o‘sdi (III chorakdagi 387,7 daqiqaga nisbatan 402,9 daqiqa).

“VimpelKom Ltd.”ning IV chorakda birlashtirilgan daromadi o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 22% o‘sib, 2,8 milliard AQSH dollariga yetdi.

To‘g‘rilangan OIBDA 1,3 milliard AQSH dollari miqdorida belgilandi, OIBDA birlashtirilgan marjasi esa 44,5% ni tashkil qildi. “VimpelKom Ltd.”ga tegishli sof daromad 461,2 million AQSH dollarini tashkil qildi (o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 62,7% o‘sish).

Mobil segmentidagi abonent shartnomalarining umumiy soni 92,7 mln. kishigacha, keng yo‘lli ulanish segmentidagi abonent shartnomalarining soni esa — 3,8 mln. kishigacha o‘sdi. Sof operatsion daromad 2009 yilning xuddi shu davriga nisbatan 20,8% o‘sib, 10,5 mlrd. dollarga yetdi. Shu asnoda yil mobaynida qarz majburiyatlari 0,7 mlrd. AQSH dollariga pasaydi.

2010 yilda MDHdagi operatsiyalardan tushgan daromad o‘tgan yilga nisbatan 17% ko‘payib (2009 yildagi $1,1 mlrd.ga nisbatan $1,3 mlrd), barqaror o‘sishni namoyon qildi. MDH dagi operatsiyalardan OIBDA birlashtirilgan mobil va qo‘zg‘almas marjasi 44,3% ga yetdi.

“Kompaniya to‘rtinchi chorak va 2010 yilda 2009 yilning xuddi shu davrlariga nisbatan jiddiy o‘sishni namoyon qilgan holda yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Natijalarimiz biz ishtirok etgan asosiy bozorlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tiklanishi faktini aks ettiradi…” – yil yakunlarini sharhladi “VimpelKom Ltd.” Bosh direktori Aleksandr Izosimov.

“Bugun “VimpelKom” keskin o‘zgarish sodir bo‘ladigan nuqtada turibdi. Yaqinda aksionerlarimiz tomonidan ma’qullangan Wind Telecom bilan birlashuv biznes rivoji uchun platformani kengaytiradi, shuningdek biznes tuzilmasi va miqyosi kengayishi evaziga afzallik tomonlarimizni mustahkamlaydi. Strategiya nuqtai nazaridan, hozirda dinamik rivojlanayotgan tarmoqda pozitsiyalarimiz biznes-modelni ovozli aloqaga nisbatan ma’lumotlarni yetkazish ustunlik qilgan tomonga o‘zgartirishda qo‘shimcha o‘sish uchun imkoniyatlardan foydalanishda juda qulay. Kelajakka qaragan holda, mazkur birlashuv barcha aksionerlarimiz va hamkorlarimiz uchun yanada ma’qul bo‘lib boradi va keyingi 24 oy mobaynida narxning o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ochishiga ishonamiz” – qayd qildi u.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq