ZTE MF 180 – “Bilayn” 3G-modemining yangi turi
29.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 3G-modemning ZTE MF 180 yangi modelini taqdim etadi. Yangi moslamaning korpusi barcha noyob imkoniyatlar va 3,6 Mb/sek gacha tezlikda HSDPA/UMTS na 2100 MGs va EDGE/GPRS/GSM (850/900/1800/1900 MGs) diapazonlarda ishlovchi USB-devays afzalliklari saqlab qolingan holda yanada kichraytirildi.

“Bilayn” ZTE MF 180 Windows 2000/XP/Vista/Win7, Mac OS 10.4 va undan yuqori bo‘lgan operatsion tizimlarga mos tushadi. Moslamani o‘rnatilishi uchun bitta USB-port va qattiq diskda 50 Mb hajmda bo‘sh joyning o‘zi kifoya.

beeline_29_03_2011

ZTE MF 180 paydo bo‘lishini sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni ta’kidladi: “Biz mana to‘rt yildirki USB-modemdar bazasida xizmatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqdamiz va bu vaqt mobaynida o‘n minglab kishilar “Bilayn” mobil Internentining foydalanuvchilariga aylandilar. Yaqin xaftalarda 3G tarmog‘ining qamrov hududini jiddiy ravishda kengaytirishni, shu bilan mamlakatni barcha hududlarini qamrab olishni rejalashtirmoqdamiz. Bu “USB-modem Bilayn” xizmatini yanada sifatli darajaga ko‘tarishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yilning may oyi oxirigacha “USB-bonus” aksiyasi amal qilmoqda. Aksiya doirasida har bir abonent “USB-modem Bilayn” xizmatini atigi 85 000 so‘mga ulab, ZTE MF 180 3G-modemni hamda 2012 yilning oxiriga qadar har oyda bonus tariqasida 50 Megabaytni qo‘lga kiritadi.

beeline_29_03_2011_1

3G-modemlar safarlarda yoki, masalan, ko‘pchilik hollarda Butunjahon tarmog‘iga ulanishning boshqa usullari bo‘lmagan shahardan chekka joylarda juda qulay moslamalardir. Ular ham 2G, ham uchinchi avlodning yuqori tezlikdagi tarmoqlarida ishlay oladi. Qulay menyu yordamida foydalanuvchi o‘z balansini tekshirish, hisobini to‘ldirish, tarif rejalarini tanlash va turli qo‘shimcha xizmatlarni yoqish imkoniyatiga ega. Shuningdek abonent o‘z kompyuteridan SMS-xabarlarni jo‘natishi va qabul qilishi mumkin. Komplektda USB-modem bilan birga maxsus mazkur xizmat uchun mo‘ljallangan “Klik Modem” imtiyozli tarifli SIM-karta beriladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq