“Bilayn”ning xayrli ishlari davom etmoqda
23.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel ” MCHJ va “Buzton” QK) “Xayrli ishlar-2011” loyihasi doirasida xayriya aksiyasini o‘tkazganligi haqida e’lon qiladi. Bahorgi ayomlar arafasida “Bilayn” vakillari Yakkasaroy tumani O‘bekiston ko‘rlar jamiyati (O‘KJ) da bo‘ldilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Biz muhtojlarga xursandchilik olib kelganimizdan mamnunmiz. Bu oxirgi uchrashuvimiz emasligiga ishonchim komil, chunki dasturimiz davom etmoqda”.

Nadejdina nomli №5 – sonli maktab o‘quvchilari mehmonlar uchun o‘z bayram dasturini tayyorlagan edilar. Bolalar taqdimotidan so‘ng barcha qatnashchilarga sovg‘alar berildi.

Yakkasaroy tumani O‘bekiston ko‘rlar jamiyati (O’KJ) raisi Olga Kovaleva: “Bilayn”ga e’tibor va samimiy ish uchun rahmat. Bugungi kunni barchamiz haqiqiy bayramdek eslagan holda yangi uchrashuvlarni kutib qolamiz”, — deya o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq