Mobil Internetdan arzon foydalanish uchun MTS-O‘zbekiston kompaniyasining yangilangan «Internet-paketlari»
18.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi «Internet 50» va «Internet 100» Internet-paketlaridagi trafik 20 foizga va 25 foizga oshirilishini ma’lum qiladi.
Navro‘z bayrami arafasida MTS-O‘zbekiston kompaniyasi o‘z abonentlariga avvalgi arzon narxlardagi yangi «Internet 60» va «Internet 125» Internet-paketlarini taklif etadi, ushbu paketlarda Internet trafik hajmi 20 foizga va 25 foizga o‘shirildi.
Endi quyidagi Internet-paketlarni aktivlashtirish mumkin:
«Ma’lumotlarni mobil uzatish xizmatlariga bo‘lgan talab oshib borayotgani sababli biz mobil Internetdan aktiv foydalanuvchilar uchun takliflar ro‘yxatini kengaytirib borishni davom ettiryapmiz. Yangilangan «Internet-paketlar»ni ulagan abonentlar o‘z xarajatlarini samarali nazorat qilish imkonini beruvchi eng foydali Internet paketlariga ega bo‘ladilar», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.
Bitta raqamda bir vaqtda ikkita «Internet-paket»ga ulanish mumkin. Har bir paketning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.
Paket narxi aktivlashtirilganda olinadi.
MMS/WAP/GPRS xizmatlaridan foydalanish uchun mobil telefonni sozlash kerak. «Sozlab ol» bepul xizmatining 0876 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, avtomatik sozlashlarni olish mumkin.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi