“Bilayn” Qoraqalpog‘istonda 2G va 3G tarmoqlari qurilishini davom ettirmoqda
17.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida GSM tarmog‘i qamrovi zonasi kengaytirilganligi haqida e’lon qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning G‘arbiy hududiy fililali Direktori Abay Kolanov quyidagilarni qayd qildi: “Bu yili biz hududdagi qamrovni jiddiy kengaytirgan holda tarmoqlarni rivojlantirishni yangi masshtabli bosqichini boshladik. GSM tarmoqlarini modernizatsiyalash bilan birga Qoraqalpog‘iston abonentlariga tezkor Internetni ta’minlaydigan 3G baza stansiyalarini qurish kabi katta rejalarimiz bor”.

Yangi uskunaning o‘rnatilishi respublika poytaxti bilan birga Taxiatosh shahri, Chimboy va Xo‘jayli tumanlarida radioqamrovni yaxshilash imkonini berdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq