“Bilayn” ning Janubiy hududiy filiali 3G tarmog‘ini ishga tushirishni rejalashtirgan holda, to‘rt yilligini nishonlamoqda
16.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Unitel”ning Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlari hududlariga xizmat ko‘rsatuvchi Janubiy hududiy filiali (JHF) ning to‘rt yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Faoliyat yakunlarini sharhlar ekan, “Unitel”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev quyidagilarni qayd qildi: “O‘zbekistonning Janubi – bu yuksak agrar va sanoat salohiyatiga ega, jo‘shqin rivojlanib borayotgan hududdir. Ushbu bozordagi to‘rt yillik faoliyat davomida o‘z abonent bazamizni 13 dan ortiq marotaba ko‘paytirib, jiddiy natijalarga erishdik. Yaqin oylarda Qashqadaryo va Surxondaryoda uchinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirib, bu bilan viloyatlar aholisida 3G tezligidagi Internetga ulanish imkoniyatini yaratmoqchimiz”.

beeline_16_03_2011

2007 yil mart oyida filial ishga tushgan vaqtdan boshlab, baza stansiyalarining soni 4,6 marotaba ko‘paytirilib, “Bilayn” aloqasidan Tolimarjon, Pomuq va Boysun kabi chekka tumanlar aholisida ham foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Biznesning o‘sishi faol ravishda ish joylarini yaratish bilan birgalikda kechdi: 4 yil davomida JHF xodimlari soni ikki marotaba oshdi.

“O‘z faoliyatimizni kengaytirib, biz yangi xodimlarni yollabgina qolmadik, balki rejali asosda ishga dilerlarni ham jalb qilib bordik – deydi “Unitel”ning JHF direktori Ulugbek Ahmedov. – Bugungi kunda Janubda 800 tadan ortiq savdo shoxobchalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bu qariyb to‘rt karra o‘sishni anglatadi. Yo‘lga qo‘yilgan jamoali faoliyat natijasida tarmog‘imiz sig‘imining o‘n karra o‘sishi ta’minlandi va biz 3G ni ishga tushirilishiga tayyormiz”.

“Beeline Business” ni ishga tushirilishi korporativ sotuvning rivojlanishiga kuchli turktki bo‘ldi va kompaniyaning O‘zbekiston Janubining bozoridagi pozitsiyalarini mustahkamladi. Bugun “Bilayn”ning mobil va qo‘zg‘almas aloqasi, shuningdek keng polosali Internetidan Qashqadaryo va Surxondaryoning “O‘zgeoburneftegaz” AK, “O‘zgeoneftegazqazibolish” AK, Sho‘rton gazkimyo kompleksi, “Surxonteks” QK, Tolimarjon IES, Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi, Qarshi neftebazasi kabi va boshqa yirik korxonalarining minglab abonentlari foydalanadilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq