“Zephyr Karaoke” restorani “Beeline Club” ning hamkoriga aylandi
14.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK ) “Zephyr Karaoke” restoranining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. “Platinum” va “Gold” imtiyozli kartalari egalariga oliy toifadagi restoran va quvnoq karaoke-barda 20% va 15% li chegirmalar beriladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Biz abonentlarimizga bahor ayyomlari va undan keyin ham yaxshi kayfiyat taqdim etish tashvishini qildik. «Zephyr Karaoke» kabi noyob muassasaning “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘ida paydo bo‘lishi quvonarli hol”.

Eslatib o‘tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq