8 mart kuni “Bilayn” abonentlari 10 000 ta daraxtni saqlab qoldilar
11.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) tarmoqning Xalqaro xotin-qizlar kunidagi faoliyati natijalari haqida xabar beradi.

Sir emas, bayram kunlari an’anaviy tarzda SMSlar soni ko‘payadi va 8 mart bu borada eng ko‘rsatkichli sanalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun fevral oyidayoq “Bilayn”ning texnik direksiyasi, mart bayramlari mobaynida tarmoqni abonentlarga uzluksiz xizmat ko‘rsatishga tayyorlash bo‘yicha qator tadbirlarni o‘tkazdi.

beeline_11_03_2011

“Shu kuni biz SMS-trafik bo‘yicha navbatdagi rekordni yangiladik, — qayd qiladi “Unitel”ning Texnik direktori Anton Golikov. – Abonentlarimiz ichidagi erkaklarning o‘z ayollarga bo‘lgan iztirobli munosabatlariga hamda bahor ayyomlari oldidan o‘tkazilgan tayyorlov ishlarimizning yuqori darajada amalga oshirilganligiga yana bir bor ishonch hosil qilmoq bizni nihoyatda quvontiradi”.

8 mart kuni “Bilayn” tarmog‘ida 20 milliondan ortiq SMS jo‘natilib, bu yangi yil ko‘rsatkichidan ikki barobar yuqori. Agarda har bir tabrik keltirilgan SMS-xabar 1 ta otkritkasini o‘rnini bosadigan bo‘lsa, “Bilayn” abonentlari bu kuni 200 tonnadan ortiq qog‘ozni tejab, 10000 ta daraxtni saqlab qoldilar. Ushbu kundagi SMS-matnlarning umumiy uzunligi «Romeo va Djulyetta» qissasi hajmidan 33 000 barobar ko‘pni tashkil qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq