“Bilayn” roumingi: yangi kengayish
09.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) CAMEL-rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilishi haqida habar beradi. Endilikda “Bilayn” abonentlari “Wind” (Italiya) tarmog’i aloqasidan foydalanishlari mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov shunday dedi: “ Biz “Bilayn” abonentlarining safar chog’larida ularga katta tanlovni taklif etish uchun , dunyo bo’ylab hamkorlarimiz ro’yhatini to’ldirib borishni faol davom ettiramiz. O’zbekistonda yashovchilar esa birinchi raqamdagi rouming-operatori – bu sayohat uchun to’g’ri qaror ekanligidan habardorlar”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonеntlar-jismoniy shaxslar, hisobida har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq