“Beeline Club” birinchi tavallud kunini nishonlamoqda
04.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” noyob bonusli dasturini birinchi yildagi faoliyatini sarhisob qilmoqda. Bu vaqt oralig‘ida milliondan ortiq kishi loyiha ishtirokchisiga aylandi. Komapniyaning imtiyozli klub kartalari bo‘yicha chegirmalarni taqdim etuvchi hamkorlik tarmog‘i esa yuztadan ortiq a’zoga ega.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni ta’kidladi: “Barcha dastur ishtirokchilarini, shuningdek, “Beeline Club”ni rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan hamkasblarimizni birinchi yillik bayram bilan tabriklaymiz. O‘n ikki oylik faoliyati mobaynida loyiha kompaniyaning eng mashhur tashabbuslaridan biriga aylangani holda kutilgan nitajalarni oqladi. Har oyda 100 mingdan ortiq abonentlar to‘plangan ballarni bonuslarga almashtirmoqdalar va bu ko‘satkich o‘sishda davom etmoqda”.

beeline_4_03_2011

Eslatib o‘tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq