“Bilayn” dengiz sathidan 1400 metr baladlikdagi yangi baza stansiyasini ishga tushirdi
02.03.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Surxondaryo viloyatida yangi baza stansiyasi ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi. Uning qamrov zonasiga 4 posyolka va har yili butun mamlakatdan 200 000 ga yaqin kishi keladigan “Omonxona” sanatoriysi kiradi.

beeline_2_03_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Janubiy hududiy filiali Direktori Ulug‘bek Ahmedov quyidagilarni qayd qildi: “Ushbu loyiha haqiqatan ham noyob, chunki baza stansiyasi dengiz sathidan qariyb bir yarim kilometr balandda joylashgan. U yerga mashinada yetib borishning iloji yo‘q, yayov borish uchun esa ikki soat vaqt ketadi. Biroq, o‘ranitish ishlariga sarflangan kuch shunga arziydi, chunki endilikda borish qiyin bo‘lgan hududdagi yuz minglab odamlarda aloqa va mobil internetdan foydalanish imkoniyati bor”.

beeline_2_03_2011_1

O‘zbekistonning eng janubiy hududi, shuningdek, o‘ziga xos flora va faunasi bilan ham diqqatga sazovor. Bu yerning tog‘larida va pastliklarida ko‘plab suv buloqlari bor. Ularning ayrimlari noyob tarkibi va shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Shunday noyob joylardan biri qadimgi Boysuntov va Hisor tog‘ tizmasi tarmoqlari chegarasida joylashgan Omonxona hisoblanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq