“Bilayn” Buxoro viloyatida GSM va 3G ni rivojlantirmoqda
25.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Buxoro viloyati hududida GSM tarmog‘ining qamrov zonasi kengaytirilganligi haqida e’lon qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” ning Janubi-G‘arbiy hududiy fililali Direktori G‘ulom Ortiqov quyidagilarni qayd etdi: “Bu yilda yangi bazali stansiyalarning qurilishi tarmoq sig‘imini kengaytirishga va yangi tumanlarni qamrab olishga qarattilgan. Bu nafaqat “Bilayn” aloqasini an’anaviy yuqori darajada ushlab turishga imkon beradi, balki Buxoroda yetakchi pozitsiyalarimizni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, yaqin ikki oy mobaynida Buxoroda va bir necha tuman markazlarida 3G tarmoqlari ishga tushadi”.

beeline_25_02_2011

Qo‘shimcha uskunaning o‘rnatilishi ham viloyat, ham Romiton, Shofirkon, Peshkun va Olot tumanlaridagi bir qator aholi punktlari radioqamrovini yaxshilashga imkon berdi. Bundan tashqari, yangi bazali stansiyalarning qurilishi bilan Buxoro hududida tarmoq sig‘imini kengaytirishga erishildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq